TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Yaponiyada COVID-19 ga qarshi bir umrlik immunitet bera olishi mumkin bo‘lgan vaksina yaratilmoqda. Uning klinik tadqiqotlari 2023-yilga rejalashtirilgan. Bu haqda “The Japan Times” gazetasi xabar bermoqda.
Tokio tibbiyot tadqiqotlari instituti mutaxassislari professor Mitnori Koxara boshchiligida bunday vaksinaning asosi qilib chechakka qarshi vaksinani olishgan. XVIII asrda yaratilgan chechakka qarshi vaksina inson uchun xavfli bo‘lmagan mol chechagi virusiga ega va insoniyatga kasallik ustidan g‘alaba qozonishga yordam bergan.
Endi esa yapon olimlari uning asosida SARS-CoV-2 koronavirus oqsiliga ega rekombinantli vaksina yaratishmoqchi. Ular bunday vaksina bir umrlik immunitet berishi mumkinligini aytishmoqda.