TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Kecha, 1-yanvar kuni, O‘zbekistonda 88 kishida koronavirus qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bu 2021-yil mart oyidan buyon eng past kunlik ko‘rsatkich.
Kecha aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7 tasi Andijon, 8 tasi Buxoro, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Namangan, 17 tasi Samarqand, 1 tasi Sirdaryo, 7 tasi Farg‘ona, 9 tasi Xorazm, 4 tasi Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Eng ko‘p 29 tasi Toshkent shahrida aniqlangan.
Qoraqalpog‘istonda, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida kasallanish qayd etilmagan.
Mamlakatda kasallanganlarning soni 199 118 nafarga yetgan. Shulardan 196 337 nafari (+119) to‘liq sog‘ayib ketgan.
Ketma-ket to‘rtinchi kun o‘lim qayd etilmadi. Koronavirusdan o‘lim oxirgi marta 28-dekabr kuni kuzatilgandi. 1-yanvar holatiga ko‘ra, qurbonlar soni 1485 nafarligicha qolmoqda.