TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Olimpiya va Paralimpiya harakatini tubdan rivojlantirishga bel bog‘lagan. Oldinga qo‘yilgan maqsadlar muhokamaga qo‘yilgan “Yangi O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasida aytib o‘tilgan.
Jamoaviy sport turlari
Hukumat Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv sporti) va boshqa sport turlarini rivojlantiradi.
2022 yilda 23 ta yangi bolalar-o‘smirlar sport maktablarini tashkil etiladi. 2026-yilga kelib ular soni 373 taga yetkaziladi.
2026 yil Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash boshlanadi.
Xususiy klublar tashkil etilishi kutilmoqda.
Paralimpiya sport turlari
Paralimpiya sportchilari orasida sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Paralimpiya sport turlari ro‘yxatiga kiritilgan sport turlarini sport ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.
Bu bilan Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga 100 dan ortiq litsenziyalarni qo‘lga kiritish reja qilingan.
Mavjud salohiyat va imkoniyatdan kelib chiqib, hududlarni qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirish.
Qishki sport turlari
2026 yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish maqsadida salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratiladi. Bunda eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar jalb qilinadi.
Qishki sport turlariga ixtisoslashtirilgan hududlarda tegishli sport turlari rivojlantiriladi. Milliy jamoa a’zolari shakllantirilib, 2023-yildan boshlab halqaro musobaqalarda ularning ishtiroki ta’minlanadi.
O‘zbekiston 2026-yildagi qishki Olimpiya o‘yinlariga kamida 10 ta litsenziyani qo‘lga kiritish, 2030-yildagi Olimpiya o‘yinlariga kamida 20 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymoqda.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichisi qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda yangi sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘radi