TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Polshadagi shaxmatning tezkor (rapid) yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov va O‘zbekiston terma jamoasining boshqa vakillari Toshkentga qaytib kelishdi.
Kutib olish marosimida Turizm va sport vazirligi xodimlari, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi vakillari, jurnalistlar, keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Abdusattorov kelgusida klassik yo‘nalishda jahon tojini kiyish niyatida ekanini bildirgan.
Shaxmatning blis yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida esa o‘zbekistonlik Javohir Sindarov esa 8-o‘rinni egalladi. Shaxmatchi 21 imkoniyatdan 13,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Varshavada bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempionatida 17 yoshli o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov g‘alaba qozonib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempion bo‘lgan edi.