TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. "Asakabank"ni transformatsiya qilish hamda xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Bunda xorijiy ekspertlarni jalb qinadi.
Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida so‘z boradi.
Bank tizimini transformatsiya qilishni yakunlash, xususiy banklarning ulushini 2025-yilda jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, "Xalq banki", "Qishloq qurilish bank", "Mikrokreditbank", "Agrobank", "O‘zmilliybank"ning aksiyalarini 2023-yilga qadar fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish "yo‘l xarita"larini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan.
Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, jumladan:
Moliyaviy barqarorlik bo‘yicha Xalqaro valyuta jamg‘armasining doimiy ekspertini jalb qilish;
2022 yil birinchi yarim yillik natijalari bo‘yicha Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etish;
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlash, ularning bank tizimi barqarorligiga ta’sirini baholashga qaratilgan stress-test modellarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bunda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarga banklarning bardoshliligini ta’minlash maqsadida makroprudensial buferlar yaratish choralari ko‘rib boriladi.