“Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Chimon yaqinidagi yo‘llarda harakat cheklanadi

Yangi yil munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘i va Chimon dam olish zonasi yaqinidagi yo‘llarda ayrim cheklovlar kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘i va Chimon dam olish zonasi yaqinidagi yo‘llarda ayrim cheklovlar joriy etildi.
YHXBB xabariga ko‘ra, 2021-yil 31-dekabr hamda 2022-yil 1-yanvar kunlari "Yangi O‘zbekiston bog‘i"ga tashrif buyuruvchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bog‘ atrofida ayrim yo‘llarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bog‘ atrofida avtoturargohlar va to‘xtab turish joylarini tashkil etish choralari ko‘rilgan.
Bundan tashqari 2021-yil 31-dekabr kunidan 2022-yil 5-yanvar kuniga qadar Bo‘stonliq tumanining dam olish zonalaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ayrim cheklovlar kiritiladi. Bu avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qilinmoqda.
Chimon dam olish zonasi yaqinidagi yo‘llardagi cheklovlar
Xususan, avtotransport vositalarining oqimini hisobga olgan holda 4R6 Toshkent–Chimon avtomobil yo‘lining 57–92 kilometrlari va 4R10 Chorvoq suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 0–12 kilometrlari oralig‘ida bir tomonlama harakatlanish joriy qilindi.