Aksiya Toshkentdagi Rus uyi ko‘magida 5-yanvargacha davom etadi.
Bayram kunlari ko‘ngillilar 50 nafardan ziyod Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, urush farzandlari hamda Leningrad qamalida bo‘lganlarning holidan xabar olishadi.
Faollar Qorbobo liboslarini kiyib, poytaxtda yashayotgan urush faxriylarini Yangi yil bilan muborakbod etib, sovg‘a ulashishdi.
Bunga o‘xshash aksiya uchinchi bor o‘tkazilmoqda, har bir xohlovchi uning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi – faxriylarga nafaqat 9-May bayramida, balki butun yil davomida yordam ko‘rsatish.
Sputnik videosida faxriylarning ularga ko‘rsatilgan e’tibordan boshlari qanday ko‘kka yetganini tomosha qilishingiz mumkin.