TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yilda ham iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga, sanoat 9,5 foizga, xizmatlar 20 foizga, qurilish sohasi 6 foizga, qishloq xo‘jaligi 4 foizga o‘sgan. Inflyatsiya darajasi 10 foizdan past bo‘lgan.
Eksport hajmi 16,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,3 milliard dollarga oshgan.
Xususan, 2022-yilda yalpi ichki mahsulot va sanoatni 7 foizdan yuqori, xizmatlarni qariyb 30 foizga oshirish maqsad qilingan.
Mirziyoyev yangi yilning boshidanoq, barcha tarmoq va hududlar tizimli ishlab, bu maqsadlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratish kerakligini ta’kidladi.