JSST o‘zbek-xitoy vaksinasini ma’qullashi mumkin

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shaxlo Turdiqulovaning ma’lum qilishicha, JSST 2022-yil boshida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ma’qullashi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini ma’qullashi mumkin. Bu haqda innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.
Turdiqulovaning so‘zlariga, JSST 2022-yilning yanvar-fevral oylarida ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini ma’qullashi mumkin.
Hozir tashkilotga taqdim etish uchun hujjatlar hozirlanmoqda.
So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar O‘zbekistonda jami 39,2 million dozadan ortiq, jumladan, “Sputnik V” vaksinadan foydalanilgan.
Toshkent viloyatida “Sputnik Layt” vaksinasidan buster doza sifatida foydalanilmoqda
Emlanishi rejalashtirilganlarning 87,8 foizi (18,8 mln kishi) vaksinaning birinchi dozasini olishga ulgurishgan, 63,1 foizi (6,8 mln kishi) esa to‘liq emlanib bo‘lgan.