Tanadagi to‘q malla chiziqlar oshqozondagi zararli o‘simta belgisi ekani haqida darak berishi mumkin. Bu haqda rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Yelena Malisheva “Perviy kanal” efirida ma’lum qildi.
“O‘zingizga yaxshilab razm soling. Agar qo‘ltiq va bo‘yinda qora chiziqlarni ko‘rsangiz, aslo issiqda kuyibman deya o‘ylamang. Bu akantoz deb ataladigan o‘ta jiddiy simptom”, - deydi mutaxassis
Uning hamkasbi vrach-immunolog Andrey Prodeusning qo‘shimcha qilishicha, bu simptom tuxumdon polikistiozi, qandli diabet va dermatit kasalligining belgisi hamdir.
Shifokor o‘zida bunday alomatni sezgan har bir kishiga oshqozon saratoni xavfini bartaraf etish uchun gastroskopiyadan o‘tishni maslahat berdi.
Mavzuga oid:
Parhez tutgan o‘simta: ovqatlanish bilan saraton qanchalik bog‘liq?
Saratonni davolashning samarali usuli topildi
Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi
Saraton kasalligining 95 foiz sabablari aytildi