TOShKENT, 30 dek – Sputnik. O‘zbekistonda propiska uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda QR-kod bilan himoyalangan qayd varag‘i beriladi.
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:
bir manzildan boshqa manzilga ro‘yxatga olinganda;
mulkdor arizasiga ko‘ra;
mulkdor o‘zgarganda;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shasxni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
soxta hujjatlar asosida ro‘yxatga olinganlik aniqlanganda;
umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;vafot etganda.
Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda propiska tizimi tubdan isloh qilindi. Xususan, 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda fuqarodan propiska talab etilmaydi. 2020-yil 1-sentabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskani onlayn rasmiylashtirish mumkin bo‘ldi.
Mavzuga oid:
“Propiska” so‘zi qonunchilikdan butkul chiqarib tashlanadi
O‘zbekiston fuqarosisizlar, nega poytaxtda yashash mumkin emas - Mirziyoyev "propiska" haqida
Doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi