Olti oy ichida ilk bor koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi - SSV

Dekabr oxirida koronavirusga yangi chalinganlar soni 143 nafarni, tuzalib ketganlar 124 nafarni tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbekistonda 29-dekabr kuni so‘nggi 6 oy ichida ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi, deb xabar qilmoqda SSV.
O‘zbekistonda 29-dekabr kuni jami 143 nafar koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan:
12 tasi — Andijon, 10 tasi — Buxoro, 5 tasi — Jizzax, 1 tasi — Navoiy, 5 tasi — Namangan, 11 tasi — Samarqand, 2 tasi — Sirdaryo, 1 tasi — Surxondaryo, 8 tasi — Farg‘ona, 13 tasi — Xorazm, 40 tasi — Toshkent viloyati, 35 tasi — Toshkent shahrida qayd etilgan. Hududlarda kecha 124 nafar bemor sog‘aydi. Jami bemorlar — 198 769, sog‘ayganlar — 195 840.

Emlash dinamikasi

Bugungi kunda O‘zbekistonda emlanganlar soni quyidagicha:
1-bosqich emlanganlar 18 813 625 nafar;
2-bosqichda emlanganlar 13 419 790 nafar;
3-bosqich emlanganlar 6 803 387 nafar.
Emlanishi rejalashtirilgan aholining 87,7 % - birinchi doza, va 62,6 % ikkinchi doza vaksina bilan emlangan. Jami qo‘llanilgan vaksinalar soni 39 milliondan oshgan.