TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Prezident qarori bilan Aktam Muhammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muhammadiyev 1977-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.