Yangi yilda omadni jalb qilish uchun 2022-yilgi homiysi bo‘lgan Qora suv yo‘lbarsi rang-baranglikni va ola-bulalikni yoqtirmasligini yodda tutish kerak. Yangi yil archasini bezash uchun eng zamonaviy rang kombinatsiyalari bizning materialimizda.
Yangi yil muhitini yaratishda ko‘pchilik yil ramzi “yoqtiradigan” moda tendensiyalari va ranglarni hisobga olishga harakat qiladi. Munajjimlar fikriga ko‘ra, har bir yangi yil homiysi bo‘lgan jonzotning rang borasida o‘z afzal ko‘radiganlari bor.
Qora suv yo‘lbarsi ham bundan mustasno emas. Munajjimlar Yangi yil bayramini ko‘k, oltin, kumush ranglarmuhitida nishonlashni maslahat beradi.
Nima uchun ranglar bunchalar muhim? Xitoy taqvimiga ko‘ra, yil ramziga ta’sir qiluvchi har bir sayyora o‘z ranglariga ega. Masalan, 2022-yilda Qora suv yo‘lbarsining sayyorasi Yupiter.
Bu sayyoraga xotirjam, sokin ranglar xos. Yangi yil archasini bezashda buni hisobga olish kerak.
Yangi yil archasiga mos ranglar kombinatsiyasi:
qora, oq, kulrang;
sut va oltin ranglari;
kumush, bronza, mis;
ko‘k rangi va uning barcha turlari;
yashil, firuza, yalpiz
Bayram archasini qanday bezash kerak?
Minimalizm bo‘lishi lozim - yo‘lbars mo‘tadillikni yaxshi ko‘radi. Geometrik archabezaklari ham yaxshi tanlov.
Shuningdek, 2022-yilda tabiiy materiallardan foydalangan ham yaxshi - daraxtni haqiqiy archa g‘uddalari, lenta va bantlar bilan bezash mumkin.
Archani bezashda qanday ranglardan foydalanmagan yaxshi?
Qizil va binafsha ranglaridan. Biroq, agar siz aynan shu rangga burkangan Yangi yil archasini xohlasangiz, faqat yumshoq ranglarni tanlang. Ranglarni o‘yinchoqlar bilan masalan, xira rangdagi yangi yil pufaklari bilan “yumshatish” mumkin.