“Shimoliy oqim - 2” ishga to‘liq tayyor

“Shimoliy oqim - 2” magistrali Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi tubi bo‘ylab yotqizildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Quvurning ikkinchi liniyasini gaz bilan to‘ldirish ishlari tugallandi, deb xabar qildi “Gazprom”.
Magistral Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi tubi bo‘ylab yotqizildi. Gaz quvurining 2ta liniyasining quvvati yiliga 55 milliard kubometrni tashkil qiladi. Qurilish 3-yil davom etdi.
Hozirgi vaqtda quvur Germaniya Federal tarmoq agentligi tomonidan tasdiqlash protsedurasidan o‘tmoqda. Nord Sream 2 AG kompaniyasining Germaniyada sho‘’ba korxonasini tashkil etish va uning nomidan operator sifatida sertifikatlash uchun yangi ariza taqdim etishi zarur deb hisoblaganligi sababli jarayon to‘xtatildi, bu Yevropa qonunchiligiga muvofiq zarur. U taqdim etilgan va qabul qilingandan so‘ng, regulyator protsedurani davom ettiradi, o‘z qarorini qabul qiladi, keyin Yevrokomissiya o‘z fikrini bildiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qilishicha, sertifikatlashtirish 2022-yilning birinchi yarmida yakunlanishi kerak. Federal tarmoq agentligi rahbari Yoxen Xomann avvalroq kelasi yilning birinchi yarmida qaror qabul qilinishini aytgandi.