Rossiya fuqaroligi: Putin yangi qonun loyihasini parlamentga kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga fuqarolik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga fuqarolik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish protsedurasini 20tadan ortiq toifalarga belgilash ko‘zda tutilmoqda, ulardan:
vatandoshlar (sobiq SSSR fuqarolari va ularning farzandlari, vatandoshlarni RFga ixtiyoriy ko‘chirishga yordamlashish davlat dasturi ishtirokchilari)
Rossiyada yashovchi yaqin qarindoshlari-rossiyalik bo‘lganlar
Rossiya imperiyasi yoki SSSR hududida (Rossiya Federatsiyasi ichida) doimiy yashaganlarning avlodlari;
Qonun loyihaga ko‘ra, prezident faqat istisno tartibida Rossiya fuqaroligiga qabul qiladi va bu tartib quyidagilarga amal qilishi ko‘zda tutilmoqda:
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari – sobiq SSSR fuqarolari;
Rossiya oldida maxsus xizmatlarga ega bo‘lgan kishilar;
kasbi yoki malakasi yoxud boshqa sabablarga ko‘ra Rossiya uchun qiziqish uyg‘otadigan kishilar.
Shuningdek, qonun loyihasida qayd etilishicha, Rossiya fuqaroligini tugatish instituti joriy etiladi - u fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilish o‘rniga bo‘ladi.
Loyiha, shuningdek, fuqarolikdan mahrum qilishni nazarda tutilgan jinoyatlar ro‘yxatini kengaytiradi – terroristik jinoyatlar bilan bir qatorda, davlatga qarshi ayrim og‘ir jinoyatlar va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Prezident nafaqat gumanitar maqsadlarda, balki boshqa har qanday maqsadlarda ham Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan holda olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalarini tasdiqlashi mumkin, deyilgan loyihada. Bularga, fuqarolik to‘g‘risidagi amaldagi qonunda ko‘rsatilgan Belarus, Ukraina, Moldova va Qozog‘iston fuqarolari kirishi mumkin.
Rossiya fuqarolari deb tan olinadigan shaxslar ro‘yxati kengaytiriladi:
1992 yil 6-fevralda Rossiya hududida yashagan sobiq SSSR fuqarolari;
️1992 yil 6-fevralgacha Rossiya (RSFSR) hududida tug‘ilgan kishilar;
️tug‘ilgan kunida ota-onasidan biri sobiq SSSR fuqarosi bo‘lgan va Rossiyada (RSFSR) doimiy yashagan kishilar;
️SSSR yoki Rossiya Federatsiyasiga qasamod qilgan va 1992-yil 6-fevral holatiga boshqa davlatlar hududidagi Rossiya harbiy qismlarida xizmat qilgan harbiylar.
Ularning chet el fuqaroligiga ega bo‘lishi - ularga Rossiya fuqaroligini berishni rad etuvchi asos deb hisoblanmaydi, deyilgan Qonun loyihasida.