Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni taqdirladi. Unga kvartira sovg‘a qilinadi

Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni davlat mukofoti bilan taqdirladi. Unga kvartira sovg‘a qilinadi
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo‘nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida e’tirof etilgan Nodirbek Abdusattorov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda prezident ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.
17 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polshadagi Jahon chempionatining tezkor (rapid) yo‘nalishida g‘alaba qozonib, chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.
Nodirbek chempionlik yo‘lida 13 turda 7 ta g‘alaba, 5 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan 9.5 ochko jamg‘ardi.
Umumiy hisob rossiyalik Yan Nepomnyashiy hamda Abdusattorovning bir xil ko‘rsatkichlari bilan yakunlangach, g‘olib jamoani aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi.
Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi raqibini mot qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Nodirbek Abdusattorov 2017-yilda Sputnik muxbiriga bergan intervyusida besh yildan so‘ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatida bo‘lishini ta’kidlagandi.