TOShKENT, 28 dek - Sputnik. MDHda yagona epidemiologik hudud tashkil qilish kerak, dedi MDH rahbarlarining norasmiy uchrashuvida so‘zga chiqqan Rossiya Rossiya bosh sanitar shifokori Anna Popova.
Popova aytishiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda biotexnologiyalar rivojlanishi natijasida xavfli viruslar va bakteriyalarning yuqori himoyalangan laboratoriyalar chegarasidan chiqib ketish ehtimoli juda oshib bormoqda.
Bu borada kanadalik shifokor 2016-yilda uy sharoitida "ot chechagi" virusini tiriltira olgani, yoki britaniyalik shifokor baketriofag virusga chidamli bo‘lgan bakteriya yarata olganini misol keltirildi.
Biotexnologiyalar yordamida biologik xavflar kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy bo‘lganini yashirish juda oson, - deydi Popova.
Dunda pandemiya vaqtida ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan umumjahon sog‘liqni saqlash arxitekturasini tubdan qayta ko‘rib chiqishga urunishlar bo‘lmoqda. Maqsad - mustaqil davlatlarning biologik xavfsizlik siyosatiga ta’sir o‘tkazishdir. Xalqaro institutlarga har qanday davlat hududida sodir bo‘lgan infeksiya o‘choqlarida tekshiruv o‘tkazish huquqini berish, majburiy tashqi tekshiruvlarni - amaliyotga aylantirishdir, deydi Popova.
Yuqorida keltirilgan omillar MDH davlatlaridan Jahon Sog‘liqni Saqlash hamda Biologik (bakteriologik) va toksik qurollarni ta’qiqlash konvensiyasi doirasida hamfikr bo‘lish, yagona pozitsiyada turib ishtirok etishni talab qiladi.
Pandemiya davrida ko‘plab davlatlar o‘z hududida yuqori himoyalangan biologik laboratoriyalar va ilmiy markazlar yaratishga kirishdi. Buning uchun, albatta, yuqori malakali kadrlar, ko‘plab investitsiya va infratuzilma kerak bo‘ladi.
MDH hududida biologik xavfsizlikni saqlash uchun quyidagilar muhim:
1.
Ilmiy izlanishlar, o‘zaro yordam va texnologik almashuvlar uchun yagona tizim ishlab chiqish;2.
Texnologik va ilmiy mustaqillikni ta’minlash, o‘z kuchi bilan biolaboratoriyalar va boshqa obyektlar yaratish;3.
Biologik xatarlardan, jumladan ataylab amalga oshirilgan xavflardan ogohlantirish va javob berish uchun MDHda yagona tizim yaratish;MDHning yagona epidemiologik tizimini yaratish uchun allaqachon juda ko‘p ish qilingan. Hamdo‘stlikda biologik xavfiszlikning huquqiy asoslari ham yaratilmoqda. Rossiyada biologik xavfsizlik to‘g‘risida qonun ham qabul qilingan, boshqa MDH davlatlarida ham ishlab chiqilmoqda.
Undan tashqari MDH davlatlari orasida tibbiy-sanitar normalari to‘g‘risida 7ta xalqaro shartnoma va biologik xavfsizlik to‘g‘risida 4ta o‘zaro anglashuv memorandumi qabul qilingan.
So‘nggi 10-yilda Rossiya ko‘magida MDHda tibbiy-biologik sohalarda 19ta dastur amalga oshirildi. Ular orasida qizamiq, vabo, poliomelit, OITSga qarshi kurash dasturlari, laboratoriyalar tarmoqlarini kengaytirish, jumladan mobil laboratoriyalar yordamida.
MDH davlatlari favqulodda sanitar-epidemiologik vaziyatlarga javob qaytarish uchun yagona tizim tashkil qilish kerak, - deydi Popova.
Rossiyada prezident va hukumat tashabbusi bilan "Sanitar qalqon" tizimi yaratilgan. Uning maqsadi butun sanitar-epidemiologik nazoratni kuchaytirishdir. Ushbu tashabbus xalqaro maydonda ham hamkorlikni nazarda tutadi. Jumladan MDH doirasida ham yagona "sanitar qalqon" yaratish maqsadida.
MDH yagona "Sanitar qalqoni" o‘zining mustahkam mustaqil infratuzilmasi, laboratoriyalari va ilmiy markazlariga va o‘zining yagona tartibda ishlaydigan sanitar o‘tkazuv nazorat punktlariga asoslangan bo‘lishi kerak.
Rossiya, o‘z tajribasiga asoslangan holda, yuqori biologik himoyalangan layuboratoriyalarga ega bo‘lgan ana shunday markazlarni qurish, jihozlash, ularning ilmiy dasturlarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin. "Biz bunday obyekt qanday bo‘lishi kerakligini va ularni yaratishni bilamiz", - deydi Popova.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston Tojikiston va Turkmanistondan hamkasabalarimiz murojaatlariga asoslangan holda, "Rospotrebnadzor" tomonidan yuqori himoyalangan ilmiy laboratoriyalar yaratish bo‘ychia metodologik va konsultativ yordam ko‘rsatilmoqda. Ushbu davlat mutaxassislari Rossiyadagi ana shunday obyektlarga tashrif buyurib ularning faoliyati bilan tanishdi. Ushbu davlatlarda Rossiya yordamida 2025-yilda qadar eng zamonaviy bioizlanishlar markazlari yaratiladi. Ushbu markazlar biologik xavfsizlik bo‘yicha izlanishlar o‘tkazish, milliy kadrlar tayyorlash, diagnostika va davolash vositalari ishlab chiqish markazlariga aylanadi, - dedi Popova.
MDH hududida yagona epidemiologik hudud yaratishning asosiy prinsiplari quyidagilar:
Biologik xavfsizlik sohasida huquqiy asosni mustahkamlash;
Epidemiologik vaziyatlarni baholash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;
Ilmiy va laboratoriya tekshiruv infratuzilmasini rivojlantirish;
JSST maydonlarida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
Milliy darajada xorijiy davlat biolaboratoriyalar faoliyati ortidan nazoratni kuchaytirish;
Ushbu yondashuv MDH davlatlarininag Minskvda 15-oktabr kuni imzolagan MDH doirasida hamkorlik shartnomasida nazarda tutilgan.
MDH davlatlarining biologik va epidemiologik xavfsizligi yagona, shu sababli uni ta’mnlash tizimi ham yagona bo‘lishi kerak- dedi Rossiya bosh sanitar shifokori.
Ma’lumot uchun, MDH davlat rahbarlarining yil oxiridagi an’anaviy norasmiy samiti 28-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusiga asosan amalga oshirilayotgan uchrashuvida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Turkmaniston va Rossiya prezidentlari, Armaniston bosh vaziri, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayevlar ishtirok etishmoqda.
Aytish joizki bu pandemiya boshlanganidan so‘ng amalga oshirilgan MDH davlat rahbarlarining birinchi oflayn uchrashuvi bo‘ladi.