TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, texnik nosozliklar natijasida liniya quvvati 50 %ga kamaydi.
Shu sababli bugun 15ta viloyatda, jumladan Kobulda ham elektr energiyasi uzilishi kuzatilishi mumkin. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni kamaytirmadi, uzilishlar bilan bog‘liq muammolar Afg‘oniston hududida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
"Biz elektr energiyasini yetkazib berishda davom etmoqdamiz. Bu muammo Afg‘oniston hududida, sababini bilmaymiz", - dedi RIA Novosti agentligiga O‘zbekiston energetika vazirligi vakili.