Yordamchisi bilan xizmat safariga borgan Ukraina ta’lim vaziri o‘rinbosari ishdan haydaldi

Ukraina ta’lim vaziri o‘rinbosari Igor Garbaruk ishdan bo‘shatildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Ukrainada o‘z yordamchisi bilan Lvovga borgan ta’lim vaziri o‘rinbosari Igor Garbaruk ishdan bo‘shatildi.
Amaldor "o‘z xohishiga ko‘ra" lavozimidan ozod etildi, dedi Oliy Rada deputati Grishina.
Ilgariroq, Garbaruk o‘z yordamchisi bilan Lvovga energiya samaradorligi ko‘rgazmasida ishtirok etish, o‘quv va amaliy markazlarni tekshirish uchun kelgandi.