TIV: Qozog‘istonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan

Avvalroq OAVlar Qozog‘istonning Olmaota viloyati hududidan o‘tgan yo‘lda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus va "Mercedes" avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar qilishgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekiston Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Olmaota-Bishkek avtoyo‘lida 33 kishi, shu jumladan, mamlakat fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi avariya ro‘y bergani haqidagi axborotni tasdiqladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 27-dekabr kuni Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
“Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, - deyilgan TIV xabarida.
Voqea joyiga avtobus tashkil etilgan. O‘zbekistonliklar Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab vatanga sog‘-salomat qaytib kelishgan.