Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib keldi

MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi kun tartibi belgilanmagan va u erkin muhokama formatida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezidentskiy kortej v Sankt-Peterburge
O‘zbekiston prezidenti 28-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etish tashrif buyurgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusiga asosan amalga oshirilayotgan MDH yetakchilarining norasmiy uchrashuvida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Turkmaniston va Rossiya prezidentlari, Armaniston bosh vaziri, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayevlar ishtirok etishadi.
An’anaga muvofiq MDH rahbarlarining norasmiy uchrashuvi yil oxirida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kun tartibi belgilanmagan va u erkin muhokama formatida bo‘lib o‘tadi.
Aytish joizki bu pandemiya boshlanganidan so‘ng amalga oshirilgan MDH davlat rahbarlarining birinchi oflayn uchrashuvi bo‘ladi.