TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Rossiya bundan keyin ham Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo mamlakatlarga koronavirus genomini o‘rganishda yordam beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan MDHning norasmiy sammitida ma’lum qildi.
“Biz bu yo‘nalishda, shubhasiz, oldinga harakat qilamiz”, - dedi Putin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga javoban.
Sammitda Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya bundan keyin ham MDH mamlakatlariga yordam bersa yaxshi bo‘lgan bo‘lishini qayd etdi.
Rossiya koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan MDH davlatlariga birinchilardan bo‘lib unga unga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zgan edi. Avvaliga Rossiya koronavirusni aniqlaydigan test-tizimlarini yubordi. Keyin tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan ham ta’minladi. Bundan tashqari, rossiyalik shifokorlar MDHdan bo‘lgan hamkasblari bilan kovid bemorlarini davolashdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.