TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 27-dekabr kuni 100 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu 15-martdan buyon eng past ko‘rsatkichdir, o‘shanda 65 kishida kovid aniqlangan edi.
Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 198 487 nafarga yetgan. Shulardan 195 520 nafari tuzalib ketgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1484 nafarga yetgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada jami 38,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lgan fuqarolarning 87,4 foizi (18,7 million) birinchi dozani olishga ulgurgan. 61,8 foiz (6,6 million) aholi to‘liq bosqichlarda emlangan.