TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Yaqin kelajakda qurilish maydonlarida migrantlardan voz kechishning hech ilojisi yo‘q, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida. RIA Novosti.
"Yaqin yillarda bunday qaror qabul qilishning ilojisi yo‘q. Shahar faqat ularning sonini cheklashi mumkin. Haqiqatning ko‘ziga tik qaraylik! Migrantlarning boshqa davlatdan kelishi, boshqa tilda gaplashishi, ularning madaniyati boshqa bo‘lishi odamlarga yoqmaydi. Lekin migrantlar ishga jalb qilinganda xizmatlarning tannarxi ancha arzon bo‘ladi ", - dedi u Moskva meriyasining yaqin xorijdagi mehnat migrantlaridan voz kechish rejalari haqida izoh berganda.
Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, migrantlar mehnatidan foydalanadigan barcha xizmatlar, agar ularni jalb etishdan voz kechilsa, ularning narxi kamida 30 %ga oshadi.
"Bu holda, kim ko‘chalarni tozalaydi? Kim quradi? Ularning mehnati ishlatiladigan barcha xizmatlarning narxi kamida 30%ga oshadi. Buning uchun oxirgi iste’molchi to‘laydi”, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Xusnullin "hozir mamlakatda 6 million xorijlik va 75-78 million ishlaydigan rossiyaliklar mavjud", deb qo‘shimcha qildi.