Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin yil oxiriga qadar yana bir uchrashuv o‘tkazadi

Ertaga Sankt-Peterburgda MDH normasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi, unda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan 28-dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Kreml.
O‘zbekiston rahbari ham ushbu uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov 2021-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Ularning (Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning — tahr.) doimiy va samimiy aloqalari hamkorlikning barcha yo‘nalishlariga doimiy turtki berib turadi. Aytmoqchi, ertaga Sankt-Peterburgda, MDH norasmiy sammiti doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi", - dedi Malginov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari 19-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida uchrashuv o‘tkazishgan edi. O‘shanda 18ta muhim davlatlararo hujjatlar imzolangan edi.