TOShKENT, 27 dek – Sputnik. 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
25 ta xorijiy davlatlardan olib kelingan bu avtomobillarning qiymati 502,8 mln dollarga teng bo‘lgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.
Avtomobillar eng ko‘p Xitoy (6 963) , Janubiy Koreya (5 630), Rossiya (4 167) va Qozog‘istondan (3 731) xarid qilingan.
Import qilingan mamlakatlar orasida Polsha (1 204), AQSh (479), Litva (427), Tailand (250), Germaniya (103) va Yaponiya (88) ham bor.