TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi.
“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va yuqumli kasalliklar avj olishiga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilishga oid hukumatlararo bitim tuzish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda”, - dedi Malginov 2021-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Elchi koronavirus pandemiyasi davrida sog‘liqni saqlash va bioxavfsizlik sohasidagi hamkorlik alohida dolzarb tusga kirishini ta’kidladi.
Diplomat 2021-yilda rossiyalik shifokorlar brigadasi 2021-yilda o‘zbekistonlik hamkasblariga koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda ko‘mak berishgani va tajriba almashishganini eslatdi.
Mavzuga oid:
Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi
Rospotrebnadzor O‘zbekistonda aylanuvchi koronavirus shtammining o‘zgarishini o‘rganadi
O‘zbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi
Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistondagi missiyani yakunladi