TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi yil boshidan beri eng ko‘p ajrashish qayd etilgan hududlarni ma’lum qildi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida ajralishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 5120 ta oila buzilgan.
Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (3917 ta), Samarqand (3793 ta ) va Toshkent viloyatlari (3770 ta).
Qolgan hududlarda:
Andijon viloyati – 3572 ta;
Namangan viloyati – 2805 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2534 ta;
Surxondaryo viloyati – 2046 ta;
Buxoro viloyati – 1874 ta;
Xorazm viloyati – 1349 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 1305 ta;
Sirdaryo viloyati – 1282 ta;
Jizzax viloyati – 1172 ta;
Navoiy viloyati – 1121 ta.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov mahallasida oilaviy ajralish kuzatilmagan mahalla raislarga 10 mln so‘m mukofot berib, eng yaxshi sihatgohlarga yuborishni va’da qilgan edi.