Ayrim hududlarda -12 darajagacha sovuq bo‘ladi - O‘zgidromet

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida -12 darajagacha, tog‘li hududlarda -15 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek - Sputnik. O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi 27-30 dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra respublikaning shimoliy hududlarida -12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 30-dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi. Usturtda 27-dekabrda kechasi 10-15° sovuq, 28-30 dekabrda kechasi 2-7° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat, 27-28 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 29-dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 30-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 27-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-30 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, 27-dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 28-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 29-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 30-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 30-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq, bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, 27-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda
Havo o‘zgarib turadi, 27-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 28-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 29-30 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.