Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarning asosiy masalalarini ma’lum qildi

Rossiya NATO bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarning asosiy masalalarini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiyaning AQSh va NATO bilan bo‘lajak muzokaralari asosiy masalalari - alyansning sharqqa qarab kengaymasligi va Rossiya chegaralari yaqinida xavfsizlikka tahdid soluvchi qurollarning paydo bo‘lmasligi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.
O‘tgan haftada Moskva AQSh va NATOga a’zo davlatlar bilan kelishuv loyihalarini e’lon qilgandi. Hujjat Yevropada o‘zaro xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida tartib, o‘rta va qisqa masofali raketalarni bir-biriga yetib boradigan hududlarda joylashtirmaslik, alyansning kengaymasligini (shu jumladan sobiq SSSR davlatlari hisobidan) o‘z ichiga oladi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkovning so‘zlariga ko‘ra, agar G‘arb bu talablarga javob bermasa, qarama-qarshilikning yangi bosqichi boshlanishi mumkin.
Muzokaralar birinchi raundlari yanvar oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning sharq tomon kengayishi va Ukrainada hujum qurollarini joylashtirish - Moskva uchun qizil chiziq ekanligini bir necha bor ta’kidlagandi.

Mavzuga doir yangi materiallar:

NATO Sharqqa bir qadam ham siljimasligi kerak - Putin Ukraina haqida
“Bu uyimiz ostonasida!” - Putin amerikaliklarning Ukrainadagi harakatlari haqida
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo bo‘lsa nima bo‘lishini aytdi
Gruziyani 2008-yil avgustiga tayyorlagan davlatlar Ukrainani qurollantirmoqda