TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Belgiyada koronavirusning omikron shtammi tarqalishi tufayli 26-dekabrdan boshlab pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy choralar kuchga kirdi.
Mamlakat hukumati inoteatrlar, teatrlar, konsert zallari va boshqa ko‘ngilochar tashkilotlarni yopgan. Sport o‘yinlariga tomoshabinlar qo‘yilmaydi. Rojdestvo yarmarkalarining katti qismi qat’iy sanitar talablar sabab muddatidan oldin yopilishi shart.
Belgiyada koronavirusning omikron shtammi juda tez sur’atlarda tarqalayotgani kkchi kecha ma’lum qilingandi. Prognozlarga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar yangi kasallanganlarning 90 foizi bu shtammga to‘g‘ri keladi.
Epidemiologik vaziyat tufayli maktablar muddatidan avval ta’tilga yopilgan. Ular 10-yanvar kuni ochiladi. Shu bilan birga olti yoshdan katta o‘quvchilar sinflarda niqobda o‘tirishlari kerak.
Kompaniyalar imkon qadar xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishi zarur. Xodimlar haftada kamida to‘rt kun uydan ishlashi kerak.
Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda kasallanish holati kamaygan. Cheklovlar bo‘yicha qaror esa 22-dekabr kuni qabul qilingan. Mamlakatda aholining 76 foizi, jumladan, bolalar ham emlangan.
“Omikron” Yevropada
So‘nggi kunlarda ko‘plab Yevropa mamlakatlari koronavirus, xususan, omikron shtammi bilan kasallanish ko‘payotganini ma’lum qilishmoqda.
Xususan, Britaniya hukumati Rojdestvo bayramida rekord daraja koronavirus bilan kasallanganlar haqida xabar berdi – bir kunda 122 mingdan ziyod kishida virus aniqlangan.
Germaniya so‘nggi sutkada 22 mingdan ziyod kasallanish qayd etilgan. U yerda “omikron”dan o‘lim holati ham kuzatilgan.
“Omikron” Portugaliyada ham ustunlik qilmoqda. Qolaversa, Fransiya va Italiya hukumatlari kasallanish keskin o‘sgani haqida xabar bermoqda.
Mavzuga oid:
Londonda omikron tufayli favqulodda holat joriy etildi
Rossiyada omikron shtammini darhol aniqlaydigan test yaratildi
Britaniya olimlari: omikron shtammi o‘pka uchun deltadek xavfli emas
"Omikron” biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin - JSST
Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparat ro‘yxatdan o‘tkazildi
Koronavirusning omikron shtammi belgilari ma’lum qilindi