TOShKENT, 25 dek — Sputnik. “Transchegaraviy pul o‘tkazmalarini ta’minlash bo‘yicha to‘lov tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, xorijdan O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zmilliybank) negizida “Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari” to‘lov tizimi tashkil etiladi.
To‘lov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni o‘zida mujassam qilgan tizimli platforma bo‘lib, uning ishtirokchilari (kredit tashkilotlari) uchun vakillik hisobvaraqlari orqali transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
“Aziya – Invest Bank” AJ (Moskva) bu to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ishga joylashish bo‘yicha xarajatlarini qoplash maqsadida kreditlar ajratish loyihasi ishlab chiqiladi.