Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga tasdiqlandi

Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti lavozimi hamda O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti lavozimi hamda O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga tasdiqlandi.
Odil Ahmedov 2007-yildan 2021-yilning yozigacha bosh jamoa safida to‘p surib, O‘zbekiston JCh-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmaganidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
18 dekabr kuni esa futbolchining faoliyatiga bag‘ishlangan "Odil Ahmedov: "Orzuning shonli yo‘li" kitobi taqdimot marosimida futbolchilik faoliyatini tugatganini rasman e’lon qilgandi.