Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi – foto

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.
Shomurodov ikkinchi marta bu unvonga sazovor bo‘ldi. U birinchi marta 2019-yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi.