TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 2021 yil yanvar-oktabrda Qirg‘iziston 748,2 tonna shakarsiz mineral suvni eksport qildi. Umumiy hajm 169 ming $.
Xaridor-davlatlar:
O‘zbekiston – 362 088 litr;
Qozog‘iston – 360 040;
BAA – 21 880;
Turkmaniston – 1150;
Kanada - 140,8;
Germaniya - 50;
Shveysariya - 37,3;
Irlandiya - 24,7.
O‘tgan yilning 10 oyi davomida eksport hajmi ikki baravar kamroq – 383,7 ming litr (88 ming $) tashkil etgandi.