Marshal Do‘stum Dashti Layli cho‘lidagi voqeani takrorlamoqchi

Abdurashid Do‘stum Anqarada o‘zining “Afg‘oniston milliy islomiy harakati” tarafdorlari bo‘lgan qo‘mondonlar bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Aamaj News nashri xabariga ko‘ra, marshal Abdurashid Do‘stum Anqarada o‘zining "Afg‘oniston milliy islomiy harakati" tarafdorlari bo‘lgan qo‘mondonlari bilan uchrashuvda shunday bayonot berdi.
Dashti Layli cho‘lidagi qonli jang 2001-yil dekabr oyida Juzjon viloyatida sodir bo‘lgandi. O‘shanda Do‘stum qo‘mondonligi ostidagi kuchlar turli manbalarga ko‘ra, “Tolibon”*ning yuzdan - bir necha minggacha asirlari o‘ldirilgan.
Bu bir guruh mahbuslar tomonidan ko‘tarilgan qo‘zg‘olondan keyin sodir bo‘lgan. Do‘stum voqea uchun javobgarligini hech qachon tan olmagan, lekin bu hodisani qahramonlik deb hisoblagani uchun uni takrorlash bilan tahdid qilmoqda.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.