TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Andijon viloyatida “Hizb ut-Tahrir”*ning 12 nafar tarafdori qo‘lga olindi.
53 yoshli fuqaro atrofiga 11 nafar shaxsni to‘plab, tashkilotning g‘oyalarini internet va boshqa yo‘llar orqali tarqatgan. Ular shu yo‘l orqali tarafdorlarini ko‘paytirishni maqsad qilgan.
“Ushbu shaxslarning barchasi muqaddam “Hizb ut-Tahrir”* tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqishgan”, - deyilgan xabarda.
Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib quyilgan.
Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi quzg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
* O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.