TOShKENT, 24 dek - Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi Shveysariya sudining Gulnora Karimova ishi bo‘yicha qabul qilgan qaroriga oid izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Shveysariya Federal sudi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Takilant Ltd.” kompaniyasining 293 mln dollar mablag‘ini musodara qilgani haqida xabar e’lon qilingan edi.
Adliya vazirligi aytishiga ko‘ra, Gulnora Karimova mablag‘larining musodara qilinishi ularni O‘zbekistonga qaytarish uchun imkon yaratadi.
"Bu Shveysariya huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun muhim g‘alaba hisoblanadi, chunki u mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun imkoniyat ochadi", - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, Adliya vazirligi Shveysariya sudining qarori haqida OAVda e’lon qilinganq axborot to‘liq emasligini ta’kidlamoqda. Xususan, “Takilant Ltd.” kompaniyasiga qaytarilishi aytilgan $ 70 mln. dollar mablag‘ borasida sud qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkinligi va Gulnora Karimova mablag‘larini hibsga olish haqida AQSh vakolatlari organlarining orderi mavjudgini ta’kidlagan.
"Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari Shveysariya va AQSh rasmiylari bilan G. Karimova va uning sheriklarining jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan aktivlarini qaytarish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Chunki ushbu jinoyatlardan O‘zbekiston davlati va xalqi ham jabr ko‘rgan", - deyilgan vazirlik rasmiy xabarida.
Ma’lumot uchun, 2018-yilda Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan beshta hisob raqamlaridan 555 million dollarlik aktivlarni musodara qilish to‘g‘risda qaror chiqargan edi. 2019-yilda Shveysariya ushbu mablag‘lardan 130 millionov dollari O‘zbekistonga qaytarilishi haqida ma’lum qilgan edi.
2017 yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov natijasida dunyoning turli burchaklaridan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 2 milliard dollarlik ko‘chmas mulk va boshqa boyliklar aniqlangan edi. Ushbu boyliklarning aksariyati Shveysariya ($800 mln.), Irlandiya ($300 mln.) va BAA ($120 mln.)da ekani aniqlangan.