TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Turkmaniston Rossiyaning “Sputnik Layt” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi rahbari ma’lum qildi.
Turkmaniston bir komponentli Rossiya preparatidan foydalanishga ruxsat bergan 23-davlat bo‘ldi.
“Sputnik Layt” - rAd26 inson adenovirusiga asosida yaratilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi komponenti.
Iyul oyidan boshlab Turkmanistonda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar uchun COVID-19ga qarshi majburiy emlash kampaniyasi boshlandi.
Aholi Rossiyaning “Sputnik V” va “Epivakkorona” vaksinalari, shuningdek, Xitoyning CoronaVac preparati bilan emlanmoqda.
Turkmanistonda birorta ham koronavirus bilan kasallanish holati rasman qayd etilmadi.