TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Tojikiston tomoni qurol qo‘llagan chegarachilarni javobgarlikka tortishga va’da berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga asosan.
Batken viloyati Maqsat-Jashtik avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Bir kun avval tojikistonlik harbiylar qirg‘izistonlik haydovchi boshqarayotgan “KamAZ”ga o‘t ochgani xabar qilingandi. Buning oqibatida singan oyna bo‘laklaridan haydovchi timdalandi.
Tojikiston tomoniga voqea joyi ko‘rsatilgan va xronologiyasi taqdim etilgan.
“Tojikiston chegara vakillari harbiy xizmatchilarning noqonuniy harakatlarini to‘liq tan oldi. Bu holatga yo‘l qo‘ygan chegarachilar javobgarlikka tortilishini ma’lum qilishdi”, — deyilgan xabarda.
Tojikiston harbiy prokuraturasi tekshiruv olib bormoqda. Tomonlar birgalikda tekshiruv o‘tkazishga ham kelishib oldilar.
Bundan tashqari, yaqin vaqtda Qirg‘iziston va Tojikiston chegara postlari boshliqlarining qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ularga ikki davlat chegarachilari xizmat o‘tash vaqtida o‘zini qanday tutishi kerakligi tushuntiriladi.
Mavzuga doir material