Rossiyada vaksina majburiy bo‘ladimi - Putin

Har qandar majburiy chora unga qarshi aksil-choralar o‘ylab topishiga olib keladi. Shuni uchun biz odamlarning fikrini faqat tushuntirish yo‘li bilan o‘zgartirishimiz kerak - Putin.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiyada har kuni koronvirusdan 1000dan ortiq kishi vafot etmoqda. Balkim vaksinatsiyani majburiy qilish kerakdir? Yoki vaksina olishga qarshi targ‘ib qilayotganlarga qattiqroq jazo ko‘rish kerakdir, - degan savolga Putin quyidagicha javob berdi.
- Odamlar fikriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Bugun kasalxonalarda og‘ir ahvolda yotganlarning aksariyati vaksina olmaganlar. Ular orasida vaksina olganlar va kasal bo‘lib tuzalganlar 1-3 %ni tashkil qiladi. Biz ushbu faktlarni, statistik ma’lumotlarni odamlarga yetkazishimiz kerak. Ularni faqat tushuntirish yo‘li bilan fikrini o‘zgartirishimiz kerak.
Chunki har qandar majburiy chora unga qarshi aksil-choralar o‘ylab topishiga olib keladi. Biz bunga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz, - dedi Vladimir Putin.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidentining bu yilgi katta matbuot anjumani - 18 chisi hisoblanadi va u oldingilaridan biroz farq qiladi. Birinchidan - ushbu anjuman oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni prezident va jurnalistlar bir joyda bitta binoning ichida uchrashishadi.
Ikkinchidan, bu safar prezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi. Ular Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.