Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi

Ibrohim Junusov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Ibrohim Junusov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati.
Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi.
Junusov bu lavozimda uch yil ishladi, lavozimdan ozod etilishi sabablari noma’lum.
Undan oldin u Turkiyada Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.