Putin: Muhammad payg‘ambarni haqorat qilish - ijod erkinligi emas

Muhammad payg‘ambarni haqorat qilish va “O‘lmas polk” saytida fashistlarning suratlarini joylashtirish ijod erkinligi emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya prezidentining yillik katta matbuot anjumanida jurnalist ekstremizmni targ‘ib qilish, his-tuyg‘ularni haqorat qilish bilan bog‘liq ma’muriy va jinoiy ishlar ko‘payib borayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan jurnalist kimningdir his-tuyg‘ularini himoya qilish va rassomning o‘zini ifoda etish huquqi o‘rtasidagi chegara qayerda degan savolni prezidentga berdi.
"O‘lmas polk" saytida Gitler yoki Gimmlerni joylashtirish - bu ijod erkinligimi? Keling masalaning shu tomoni haqida o‘ylab ko‘raylik. <...> Payg‘ambar Muhammadni haqorat qilish - bu nima? Bu ijod erkinligimi? Men o‘ylaymanki, yo‘q. Bu e’tiqod erkinligi va islom diniga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas tuyg‘ulariga tajovuz qilish”, - dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra bu yanada keskin, ekstremistik ko‘rinishlarni keltirib chiqaradi.
“Mana ular Parijga borishdi va butun tahririyatni otib tashlashdi” - dedi Rossiya yetakchisi..