TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Bugun, 23-dekabr kuni O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘nab ketgan. 63 vagondagi insonparvarlik yordami oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat.
Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida O‘zbekiston afg‘on xalqiga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.