TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Belarus Respublikasining Grodno viloyati Ostrovitse shaharchasida joylashgan BelAESning birinchi energobloki ishga tushganigan bir yildan oshdi. (2020 yil 3-noyabrda ishga tushgan)
Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko aytishiga ko‘ra, BelAESning birinchi bloki shu kunga qadar 6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Ikkinchi blok ishga tushganidan so‘ng (2022 yil yozda) Belarus yiliga qo‘shimcha 4,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi oladi.
AES To‘liq ishga tushganidan so‘ng Belarus yiliga 4,5 mlrd.m3 tabiyy gaz tejab qolish imkoniga ega bo‘ladi. Bu Rossiyadan import qilinayotgan jami gazning (20,33 mlrd.m3) 22%ni tashkil qiladi.
Ushbu munosabat bilan Belarus ayni damda ikkinchi AES qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqida aniq qaror bir yil ichida qabul qilinadi, dedi bosh vazir. Golovchenko aytishiga ko‘ra, kuzga qadar AES maydonchasi aniqlanadi. AES qurishda rossiyalik hamkorlar taklifi ham inobatga olinadi, dedi Golovchenko.
Ma’lumot uchun, "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda "3+" avlodiga mansub 2ta VVER-1200 reaktoriga ega bo‘lgan AES qurish nazarda tutilgan. AES qurilishi Jizzax viloyatida 2022-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Uni ishga tushirish 2030-yilga mo‘ljallangan.