AQSh afg‘on xalqiga yordam berishi kerak, aks holda u yerda ocharchilik boshlanadi - Putin

Afg‘onistonga bu davlatni 20-yildan beri vayron qilganlar yordam berishi kerak - Putin.
Sputnik
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Hozir afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish kerak, va buni birinchi navbatda 20-yil davomida u yerda bo‘lib, iqtisodiyotni vayron qilgan davlatlar qilishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Hozir nima qilish kerak – albatta, afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish kerak va buni birinchi navbatda afg‘on iqtisodiyotiga ham, afg‘on jamiyatiga ham shunday ulkan zarar yetkazgan davlatlar qilishlari kerak. Kim 20-yildan beri u yerda bo‘lib, iqtisodiyotni vayron qildilar, ular, birinchi navbatda, yordam berishlari kerak”, - dedi Putin yillik katta matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z banklarida muzlatib qo‘yilgan afg‘on hisoblaridan cheklovlarni olib tashlashi va Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishi kerak, aks holda u yerda ocharchilik boshlanadi. Bu butun mintaqaga ta’sir qiladi.
Umuman olganda Afg‘onistondagi vaziyat Rossiyani xavotirga solmoqda: bozordagi giyohvand moddalarning 90 % – kelib chiqishi Afg‘onistondan, Rossiya Markaziy Osiyo respublikalari bilan chegaralari ochiq, radikal elementlarning kirib kelish xavfi mavjud, deb aytdi Rossiya yetakchisi.
Hokimiyatdagi barcha etnik guruhlar vakillarining bo‘lishi vaziyatni barqarorlashtiradi.