TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Vladimir Putin Rossiya Afg‘onistonning yangi hukmuatini tan olish uchun nima qilish kerakligini aytdi.
"Rossiya Afg‘oniston bilan eng yaxshi munosabatlar qurishni istaydi, chunki ushbu mamlakatdagi vaziyat Rossiya xavfsizligiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Ma’lumki Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegaralari ochiq. Afg‘onistonda vaziyat yomonlashsa, u yerdan turli ekstremistik oqimlar MO hududiga o‘tish ehtimoli yo‘q emas. Undan tashqari, ma’lumki, dunyo bozoriga kirib kelayotgan afunning 90% - Afg‘onistonda yetishtirilmoqda, - dedi Vladimir Putin.
Afg‘oniston yangi hukumatini tan olish borasida Rossiyaning aniq pozitsiyasi bor. Bu - yangi hukumat tarkibida mamlakatda yashayotgan barcha millat vakillari bo‘lishi. Faqat shundagina mamlkat rivojlanishi uchun umid paydo bo‘ladi", - dedi Rossiya prezidenti.
Lekin hozir birinchi navbatda qilishini kerak bo‘lgan ish bu - afg‘on xalqiga yordam berish. Yordam berilmasa u yerda ochlik boshlanishi mumkin, - dedi Putin.
Va bu ishni, birinchi navbatda, Afg‘oniston iqtisodiyotiga va jamiyatiga bunday katta zarar yetkazgan mamlakatlar bajarishi kerak. U yeradi 20-yil davomida bo‘lgan va iqtisodni barbod qilgan davlatlar. Eng avvalo, Afg‘onistonning Amerika banklarida saqlanayotgan valyuta zahiralaridan foydalanishga ruxsat berish kerak, - dedi Rossiya prezidenti.
Putin shuningdek, Rossiya ham chetda turmasligini va yordam berishini ta’kiladi.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Rossiya hukumati tomonidan Afg‘onistonga yetkazib berilgan insonparvarlik yordami miqdori 100 tonnadan oshib ketdi. Rossiya Il-76 harbiy transport samolyotlari yordamida 3 partiya insonparvarlik yordami jo‘natdi. So‘nggi partiya 19-dekabr kuni Qobul aeroportiga oziq-ovqat, dori darmon va boshqa kerakli mahsulotlarni yetkazib berdi.