TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Transport vazirligi yangi yil bayrami kunlari o‘zbekistonliklar qaysi xorijiy davlatlarga uchishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan. Haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvozlar amalga oshirilmoqda.
Muntazam parvozlar
Turkiya, 40 ta reys (Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul);
Qozog‘iston, 34 ta reys (Toshkent – Olmaota, Samarqand – Olmaota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqto‘ba);
Rossiya, 22 ta reys (Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);
BAA, 16 ta reys (Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja);
Koreya, 4 ta reys (Toshkent – Seul);
Tojikiston, 4 ta reys (Toshkent – Dushanbe);
Belarus, 4 ta reys (Toshkent – Minsk);
Qirg‘iziston, 3 ta reys (Toshkent – Bishkek);
Misr, 3 ta reys (Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx);
Gruziya, 2 ta reys (Toshkent – Tbilisi);
Germaniya, 2 ta reys (Toshkent – Munxen);
Hindiston, 2 ta reys (Toshkent – Dehli);
Kuvayt, 2 ta reys (Toshkent – Al-Kuvayt);
Latviya, 2 ta reys (Toshkent – Riga);
AQSh, 2 ta reys (Toshkent – Nyu-York);
Eron, 1 ta reys (Toshkent – Tehron);
Isroil, 1 ta reys (Toshkent – Tel-Aviv);
Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent – Ar Riyod);
Ma’lum qilinishicha, parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Charter parvozlar
Muntazam parvozlardan tashqari? sayyohlik agentlari odatda muntazam qatnovlar bajarilmaydigan davlatlarga bir martalik (charter) reyslarni tashkil qilishgan.
Transport vazirligi vakolatli organdan o‘rnatilgan tartibda tegishli ruxsat olmasdan aviachiptalarni sotish bilan bog‘liq holatlar bo‘lishi haqida ogohlantirgan. So‘nggi oylarda bunday holatlar kuzatilgan edi.
Qayd etilishicha, odatda charter reyslari mijozlarning sonidan kelib chiqib tashkil etiladi va chipta jo‘nab ketish kuni yoki samolyotga chiqishdan oldin rasmiylashtiriladi. Charter qatnovi tashkilotchisi parvozni tayyorlash yuzasidan barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xususan, charter qatnovini amalga oshirish yuzasidan barcha zaruriy hujjatlarni tayyorlaydi. Ya’ni charter qatnovi orqali parvoz etmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi reysni tashkil etish bilan bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmasligi ta’minlanishi lozim.
Vazirlik charter qatnovlari orqali parvoz etmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarning turli muammolarga duch kelmasligini oldini olish maqsadida aviachiptalarni xarid qilishdan avval "O‘zaviatsiya" agentligi saytida rejalashtirilgan reys (parvoz)lar holati bilan (https://uzcaa.uz/ru/table) tanishib chiqishni tavsiya etgan.
Mavzuga oid:
Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi parvozlar soni ko‘paytiriladi
O‘zbekistonda arzon chiptali hududiy aviakompaniya tashkil qilindi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qish mavsumi muntazam parvozlar jadvali tasdiqlandi