TOShKENT, 22 dek – Sputnik. 2021 yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini doimiy jangovar shayligini ushlab turish maqsadida 1 100 dan ortiq to‘satdan tekshiruvlar real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan sharoitda o‘tkazilgan. Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari Hamdam Qarshiyevning Qurolli Kuchlar Akademiyasida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida bergan hisobotida ma’lum qilindi.
“Natijada tezkor tayyorgarlik tadbirlari soni o‘tgan yilga nisbatan 2 baravarga ortib, qo‘mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligi oshirilgan”, - deyilgan Senat matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, respublikada 20 ta poligon yangidan qurilib ta’mirlangan va zamonaviy o‘quv-moddiy baza bilan jihozlangan. Ulardan 12 tasi xalqaro talablarga mos ravishda qurilib, harbiy musobaqalarni soha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazish hamda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Har yili takrorlanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga chek qo‘yilib, haftaning ketma-ket 4 kuni faqat jangovar tayyorgarlikka qaratilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar sifati va soni oshirilgan.
Mudofaa vazirligining 300 ga yaqin harbiy xizmatchilari qator mamlakatlarda, jumladan, Rossiya oliy harbiy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida ta’lim olib kelib, tayyorgarlikdan o‘tgan.
Mavzuga oid:
Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
O‘zbekiston havo hujumidan himoya qilish tizimini yanada kuchaytiradi
Qo‘shinlar jangovar shayligi yana to‘satdan tekshirildi
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi